softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Erkak sobiq xotinidan buyragini qaytarishni talab qilmoqda

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Erkak sobiq xotinidan buyragini qaytarishni talab qilmoqda

Batafsil o'qish:

AQShda erkak sobiq xotinidan buyragini qaytarishni yoki 1,5 million dollar tovon puli to‘lashni talab qilmoqda, – deb yozadi Independent.

OAV yozishicha, Richard Baptistaning rafiqasi ajrashish uchun ariza berganida, erkak unga shart qo‘ygan: yo u donor sifatida bergan buyragini qaytarib beradi, yoki 1,5 million dollar tovon to‘laydi. Erkak, garchi nikohi allaqachon xavf ostida bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘z harakati bilan rafiqasining hayotini saqlab qolganini da’vo qilmoqda.

“Mening birinchi vazifam uning hayotini saqlab qolish edi”, – deydi u.

Okrug Oliy sudi Richardning da’volarini rad etib, uning buyragi sovg‘a ekanligi va u tovon ololmasligi haqida qaror chiqardi. Bundan tashqari, shifokorlar erkakning buyragini sobiq xotinidan olishni taqiqlashdi.

“Richardning pul tovonini olishga urinishlari nafaqat qonun hujjatlariga zid, balki uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi ham mumkin”, — deyiladi sud bayonotida.


Manba: www.aniq.uz