Bessent: Ukraina bilan kelishuv AQShga muzokaralarda yordam beradi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi tog‘-kon bo‘yicha kelishuv Rossiyaga Ukraina va Amerika xalqlari o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini ko‘rsatadi, deydi AQSh moliya vaziri Bessent.
Foto: AP
AQSh va Ukraina o‘rtasidagi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv Donald Tramp uchun Rossiya bilan yanada mustahkam asosda muzokara olib borishga yordam beradigan to‘laqonli iqtisodiy hamkorlikdir, dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent 1 may, payshanba kuni Fox Business Network nashriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat «Rossiya rahbariyatiga Ukraina va Amerika xalqlari o‘rtasida hech qanday kelishmovchiliklar yo‘qligini» va ularning maqsadlarini ko‘rsatadi. «Agar ukrainaliklar gullab-yashnamasa, Amerika xalqi pul ishlamaydi. Demak, hozir biz iqtisodiy masalalarda butunlay birlashdik. Va yana, menimcha, bu Rossiya rahbariyatiga kuchli signal beradi va prezident Trampga Rossiya bilan yanada kuchliroq asosda muzokaralar olib borish imkoniyatini yaratadi», — dedi Bessent.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bitim nafaqat noyob metallarga, balki infratuzilma va energetikaga ham tegishli. «Shunday qilib, har ikki tomonda ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor», — deya xulosa qildi amerikalik vazir.
1 mayga o‘tar kechasi AQSh va Ukraina uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng uch yildan ko‘proq vaqt avval Rossiya hujumiga uchragan mamlakatni qayta tiklash uchun sarmoya fondi tashkil etishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy bitimni imzoladi. Hujjatni AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko imzoladi.