softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi

Batafsil o'qish:

HAMAS garovga olingan isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha bitim tuzishga tayyor. Tashkilot bu boradagi har qanday taklifni ko‘rib chiqadi.

Foto: AP

AMAS yetakchilaridan biri Abdurahmon Shadid tashkilot G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

«HAMAS garovga olingan isroilliklarni falastinlik mahbuslarga almashish bo‘yicha bitim tuzishga tayyor ekanini tasdiqlaydi va allaqachon bu boradagi o‘z taklifini bildirgan. Ammo Isroil muzokaralar muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilmoqda, hozir to‘p ular tomonda», — deydi Abdurahmon Shadid.

Uning ta’kidlashicha, HAMAS doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketish va almashuv kelishuvi bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqadi.

29 aprel kuni Isroil rasmiylari mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahu oktyabrga qadar G‘azo sektoridagi mojaroni yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, TSAHAL jangovar harakatlar jarayonini faollashtirish niyatida. Isroil 18 mart kuni, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ikki oylik bitim yakunlanganidan boshlab Falastinga zarbalar berishni tiklagan. Aprel o‘rtalarida BMT jangovar harakatlar boshlanganidan beri Falastinga birorta ham gumanitar yordam yetib bormaganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Misr va Qatar o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi taklifni ilgari surgandi. Taklif «besh yildan yetti yilgacha bo‘lgan davrda o‘t ochishni to‘xtatish, urushni rasman tugatish, Isroil armiyasini G‘azodan to‘liq olib chiqib ketish va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik asirlar evaziga garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilishni» o‘z ichiga oladi.