softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

CNN: Putin Ukrainada «qisqa muddatli maqsadlar»ga e’tibor qaratishni boshladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

CNN: Putin Ukrainada «qisqa muddatli maqsadlar»ga e’tibor qaratishni boshladi

Batafsil o'qish:

Vladimir Putin qo‘lga kiritilgan Ukraina hududlari ustidan nazoratni saqlab qolishga e’tibor qaratmoqda, deb yozadi CNN G‘arb razvedka agentliklariga tayanib. AQShda Putinning pozitsiyasiga shubha bilan qaralyapti.

Foto: AP

Ukrainaga qarshi urushda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z e’tiborini ko‘proq qisqa muddatli maqsadlarga qaratayotgan bo‘lishi mumkin – bosib olingan Ukraina hududlari ustidan nazoratni kuchaytirish va harbiy sanoatga ulkan sarmoya kiritilishi tufayli «qiyin ahvolda» qolgan Rossiya iqtisodiyotini rag‘batlantirish. Bu haqda 2 may, juma kuni Amerikaning CNN telekanali G‘arb razvedkasi va vaziyat bilan tanish bo‘lgan bir necha manbalar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

«Bu AQSh va G‘arb razvedka xizmatlarining so‘nggi baholaridagi evolyutsiyadan dalolat beradiki, Putin urush holati uning foydasiga va zaiflashgan Ukrainaga qarshi uzoqroq kurash olib borish, butun mamlakatni egallash uchun kuch va resurslarga ega ekanligiga ishonadi», — deyiladi telekanal bayonotida.

CNN telekanalining ikki manbasiga ko‘ra, Putinning fikrlashidagi ehtimoliy o‘zgarishlarni ko‘rsatuvchi so‘nggi ma’lumotlar AQSh prezidenti Donald Tramp va uning jamoasining Rossiya prezidenti Ukraina bilan tinchlik kelishuvini ko‘rib chiqishga ochiq bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil ekani ham ta’sir qilgan.