Hindiston ikkinchi kosmodrom qurishni rejalashtirmoqda
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Hindistonning Tamilnadu shtati hukumati mamlakatning ikkinchi milliy kosmodromini qurish uchun yer olish ishlarini yakunladi. U Kulasekarapattinam shahrida to‘qqiz kvadrat kilometr maydonda joylashgan bo‘lib, kichik sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishda foydalaniladi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri prokosmos.ruga tayanib.
Ma’lumki, Hindistonda Andxra-Pradesh janubidagi Bengal ko‘rfazidagi Shrixarikota orolida joylashgan Satish Dxavan kosmik markazi mavjud.
Yangi kosmodromning o‘ziga xos jihati shundaki, u yerdan uchiriladigan parvozlar zudlik bilan janubga qarab yo‘nalish hisobiga yoqilg‘i tejaydi.
Taxminlarga ko‘ra, 28 fevralda bo‘lajak kosmodrom hududiga Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashrif buyuradi va qurilish vaqtida birinchi tosh qo‘yish marosimida ishtirok etadi, deb yozadi Deccan Herald mahalliy gazetasi.
Yangi kosmodrom qurilishi Hindistonga 9,5 milliard rupiy (deyarli 115 million dollar) tushadi. Shuningdek, kosmodrom atrofida kosmik sanoat va raketa yoqilg‘isi parki barpo etiladi, mintaqaga ilmiy-texnikaviy va loyihalash korxonalari jalb etiladi.
Hindiston Milliy kosmik targ‘ibot va avtorizasiya markazi (IN-SPACe) rahbari Pavan Goyenka avvalroq aytganidek, Kulasekarapattinamdagi ob’ekt faqat xususiy sektor tomonidan qo‘llaniladi.
Manba: www.aniq.uz