Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
94 yoshli Baffett kompaniyaning yangi bosh direktori lavozimiga o‘z o‘rinbosari Greg Abelni tayinlashni tavsiya qildi.
Foto: Getty images
Amerikalik milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway kompaniyasi bosh direktorligi lavozimidan ketadi. Bu haqda u aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida ma’lum qildi.
94 yoshli Baffett kompaniyaning yangi bosh direktori lavozimiga o‘z o‘rinbosari Greg Abelni tayinlashni tavsiya qildi.
Baffett Berkshire Hathaway’dan butunlay ketish va uning aksiyalarini sotishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Uorren Baffett — dunyoning eng badavlat insonlaridan biri bo‘lib, Forbesʼning oxirgi yillik reytingida uning boyligi 159 milliard dollarga baholangan. U o‘zining deyarli barcha kapitalini muvaffaqiyatli investitsiyalar ortidan to‘plagan.
Baffett Berkshire Hathaway’ni 1965 yilda sotib olgan — o‘shanda u investor tug‘ilgan Nebraska shtatidagi kichik tekstik korxonasi edi. Baffett uning asosida investitsiyalar va sug‘urta biznesi bilan shug‘ullanuvchi ulkan konglomerat qurdi. Hozirda Berkshire Hathaway’ning qiymati trillion dollardan oshadi.