Fransiyaning But shahri suv ostida qoldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Kuchli yomg‘ir tufayli Pa-de-Kale mintaqasida daryolar toshib ketdi. Shaharni suv bosdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Fransiya shimolida joylashgan kichik But shahri to‘rt oy ichida beshinchi marta suv ostida qoldi. Kuchli yomg‘irlar natijasida Pas-de-Kaledagi bir necha daryolar birin-ketin qirg‘oqlaridan chiqib, shaharni suv bosdi.
Bu holat mahalliy aholi uchun cheksiz vahima olib keldi. To‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli vaziyat murakkablashdi. Hatto aholi orasidan ba’zilari uchun uylarini loydan tozalash foydasiz bo‘lib qoldi.
Aholining yoz mavsumini kutishdan boshqa iloji yo‘q. Umid qilamizki, quyosh isishi bilangina bu xavfdan qutulamiz. Biroq, yer tezda qurib ketishiga kafolat yo‘q.
Manba: www.aniq.uz