Tramp "Alkatras" qamoqxonasini qayta ochishni buyurdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
AQSh prezidentining aytishicha, Kaliforniyada qayta qurilgan maksimal xavfsizlik darajasidagi qamoqxonada «Amerikaning eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilari» saqlanadi va u «qonun, tartib va adolat timsoliga aylanadi».
Foto: GlobalLookPress
AQSh prezidenti Donald Tramp 5 may, dushanbaga o‘tar kechasi Kaliforniyada 1963 yilda yopilgan "Alkatras" qamoqxonasini qayta ochishga buyruq berdi.
«Biz ko‘chalarimizga yovuzlik, qon to‘kish va tartibsizliklar urug‘ini sepayotgan bu ketma-ket jinoyatchilarga endi toqat qilmaymiz», deb yozdi Oq uy rahbari Truth Social platformasida. «Shuning uchun men bugun Qamoqxonalar byurosiga Adliya vazirligi, Federal qidiruv byurosi va Milliy xavfsizlik departamenti bilan birgalikda Amerikaning eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilarni joylashtirish uchun kengaygan va qayta qurilgan "Alkatras" davlat qamoqxonasini qayta ochish haqida buyruq beraman».
«Biz endi o‘z ishlarini bajarishdan qo‘rqqan va mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan kelgan jinoyatchilarni chiqarib yuborishga imkon bermaydigan jinoyatchilar, bezorilar va sudyalar asiriga aylanmaymiz. "Alkatras"ning qayta ochilishi qonun, tartib va adolat ramzi bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi Donald Tramp.
"Alkatras" sobiq federal qamoqxonasi San-Fransisko ko‘rfazidagi orolda joylashgan. U 1912 yilda eski qal’a o‘rnida qurilgan va dastlab harbiy qamoqxona sifatida foydalanilgan, ammo 1936 yilda Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan, qayta tiklangan va yanada xavfsiz holatga keltirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng xavfli jinoyatchilar «Alkatras»ga yuborilgan: xususan, bu yerda mashhur gangster Al Kapone ham jazo muddatini o‘tagan.