softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Antarktidada ilk bor parranda grippi aniqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Antarktidada ilk bor parranda grippi aniqlandi

Batafsil o'qish:

Antarktida materigida H5N1 parranda grippi xavfli shtammi bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi. Olimlar kasallik endi pingvinlarning yirik koloniyalari orasida tarqalishi mumkinligidan xavotirda.

Antarktida materigida parranda grippining yuqori patogenli shtammi (H5N1) bilan kasallanishning birinchi holatlari qayd etildi, deb ma’lum qildi Reuters. Bu materikning janubiy mintaqasida yashovchi yuz minglab pingvin koloniyalari uchun potensial xavf tug‘diradi.

Virus argentinalik olimlar tomonidan o‘tgan hafta oxirida «Primavera» tadqiqot bazasi yaqinida ikkita o‘lik skuada topilgan.

H5N1`ning eng yirik epidemiyasi 2021 yilda boshlangandi va shundan beri millionlab yovvoyi qushlarning o‘limiga sabab bo‘ldi, deya qayd etadi The Guardian. Infeksiya Okeaniyadan tashqari barcha qit’alarga tarqaldi.

Parranda grippi Antarktika mintaqasiga 2023 yil oktyabr oyida tarqalgan, u qit’adan taxminan 1600 km uzoqlikda joylashgan sub-Antarktika orollarida aniqlangan.

Avvaliga olimlar virusni chag‘alak, skua va chigirtchi kabi qushlarda qayd etgandi, ammo vaqt o‘tishi bilan kasallik albatroslar, pingvinlar va fulmarlarga ham o‘tgan. Keyinchalik infeksiya Antarktika sutemizuvchilariga yetib bordi, bu dengiz fillari va dengiz mushuklarining ommaviy nobud bo‘lishiga olib keldi. Dekabr oyida H5N1`dan birinchi oq ayiq o‘limi tasdiqlandi.
Manba: www.aniq.uz