SSSR sobiq bosh vaziri Nikolay Rijkov vafot etdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
SSSR hukumati sobiq rahbari Nikolay Rijkov 94 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza Rossiya Federasiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoga tayanib.
Nikolay Rijkov 1974—1989 yillarda SSSR Oliy kengashi, mamlakat nominal parlamenti deputati bo‘lgan. 1985—1991 yillarda SSSR Vazirlar kengashi raisi bo‘lib ishlagan. Iste’fo berib, pensiyaga chiqqanidan keyin ham Rijkov siyosiy faoliyatini davom ettirdi. 1995—2003 yillarda Rossiya Davlat dumasi deputati bo‘lib ishladi, undan keyin esa 20 yil davomida Federasiya kengashining Belgorod viloyatidan senatori bo‘ldi. Rijkovning senator sifatidagi vakolatlari 2023 yil 25 sentyabrda tugatilgan.
Nikolay Rijkov senator sifatida 2014 yilda Rossiya qo‘shinlarining Qrimga kiritilishini, shuningdek, 2022 yilda Ukrainaning Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojye viloyatlarining bosib olinishini qo‘llab-quvvatlagan. Yevroittifoq, AQSH, Ukraina, Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya, Avstraliya va Yangi Zelandiya sanksiyalari ostida bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz