softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi

Batafsil o'qish:

Skype foydalanuvchilari o‘z akkauntlarini saqlagan holda Microsoft Teams’ga o‘tishlari mumkin.

Foto: Canva

Skype messenjeri 2025 yil 5 maydan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Skype’ga egalik qiluvchi Microsoft korporatsiyasi oldinroq messenjer yopilishi haqida ogohlantirib, ularga akkauntlarini saqlagan holda Teams’ga o‘tishni yoki xabarlar arxivini yuklab olishni tavsiya qilgan edi.

«Skype zamonaviy kommunikatsiyalarni shakllantirish va son-sanoqsiz mazmunli onlarni taqdim etishning ajralmas qismi bo‘ldi, biz ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Skype 2003 yilda ishga tushirilgan va shved kompaniyasi Tele2 sobiq xodimlari Niklas Zennström va Yanus Friis ishtirokida estoniyalik dasturchilar jamoasi tomonidan yaratilgan. 2011 yilda ushbu xizmat Microsoft tomonidan 8,5 milliard dollarga sotib olingandi. 2019 yilda Microsoft biznes uchun Skype xizmati faoliyati to‘xtatilishini (bu 2021 yilda sodir bo‘ldi) va tashkilotlar Microsoft Teams xizmatiga o‘tishi kerakligini e’lon qilgan edi.

Skype’ning mashhurligi koronavirus pandemiyasi fonida tushib ketdi. O‘shanda aksincha videoaloqa uchun mo‘ljallangan ilova — Zoom ommalashdi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Skype sotib olingan vaqtda ilova 1 milliard marotaba yuklab olingan va yuz millionlab foydalanuvchiga ega edi, 2023 yilga kelib undan foydalanayotganlar soni faqat 36 million kishini tashkil etgan xolos.