softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Noma’lum shaxslar politsiyachilarga qarata o‘q uzib, ularning xizmat mashinasida voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi.

Rossiyaning Dog‘iston Respublikasi, Maxachqal’a shahrida ikki kishi yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum qilib, ularga qarata o‘t ochdi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalariga tayanib Meduza xabar berdi.

Dog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, otishma mahalliy vaqt bilan 14:20 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Hujumchilar xizmat mashinasida qochib ketishgan va ular hali ham qidirilmoqda.

Keyinroq Ichki ishlar vazirligi ikki hujumchi o‘ldirilgani haqida xabar berdi. Hujumda qancha odam qatnashgani haqida ma’lumot berilmagan. Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, otishmada 17 yoshli qiz yaralangan. Bundan tashqari, ikki politsiyachi shifoxonaga yotqizilgan. Jami yetti kishi jarohatlangan.

«RIA Dagestan» uch nafar politsiyachi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hujumchilar politsiya xizmat mashinasida voqea joyidan qochib ketishgan. Shaharda ularni ushlash rejimi e’lon qilingan.

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov ko‘p o‘tmay IIV xodimi mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganini, biroq haydovchi bunga ko‘nmay, ularga qarata o‘t ochganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar bor. U boshqa tafsilotlarni aytmadi, biroq voqea aks etgan surat yoki videolarni internetga joylashtirmaslikni so‘radi.