softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh jinoyatchilar uchun boshpanaga aylandi — Ilon Mask

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh jinoyatchilar uchun boshpanaga aylandi — Ilon Mask

Batafsil o'qish:

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh migrasiya muammolaridan kelib chiqib, butun dunyodan eng xavfli jinoyatchilar boshpanasiga aylanganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Mask avvalroq ham Bayden ma’muriyatini “noqonuniy migrasiyani faol targ‘ib qilayotgani” uchun tanqid qilgan edi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga "qizil poyandoz to‘shamoqda".

Shu bilan birga, Mask qonuniy immigrasiyaning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi va bunga qarshi emas, balki "ko‘p sonli tasdiqlanmagan odamlar Amerikani suv bosayotganiga qarshi".

“Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni (istalgan davlatdan) uloqtirib yuborish, janubiy chegarani (AQSh – tahr.) kesib o‘tish va “boshpana” so‘rash imkoniyati Amerikani dunyodagi eng xavfli jinoyatchilar boshpanasiga aylantirdi!”, —deb yozadi Mask.



So‘nggi oylarda AQShda noqonuniy migrasiyaning rekord darajasi kuzatildi, chegara rasmiylari o‘tgan dekabr oyida 302,000 noqonuniy chegarani kesib o‘tishni qayd etdi, bu bir oy ichida eng katta raqam. Bundan tashqari, AQShni Bayden boshqargan uch yil davomida noqonuniy muhojirlarning rekord soni qayd etilgan.
Manba: www.aniq.uz