softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi

Batafsil o'qish:

Yakkasaroy tumanida Lacetti tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi.

Foto: Getty images

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 may kuni soat 17:40 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta mashina piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaganini, Lacetti mashinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.