softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil Yamandagi husiychilar infratuzilmasiga havo hujumi uyushtirdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Isroil Yamandagi husiychilar infratuzilmasiga havo hujumi uyushtirdi

Batafsil o'qish:

Isroil havo kuchlari Xodeyda portiga va Bajildagi sement zavodiga zarba berdi. Bu husiychilarning bir kun avval Isroilga raketa hujumiga javob bo‘ldi.

Foto: Israel Defense Forces

5 may, dushanba kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlarining 20 ga yaqin qiruvchi samolyoti Yaman qirg‘oqlaridagi husiychilar infratuzilmasiga, jumladan, Xodeyda port shahri va Bajil shahri yaqinidagi sement zavodiga zarba berdi, deb yozadi Times of Israel gazetasi Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL)ga tayanib.

Zarba bir kun avval zaydlar musulmon shia ozchiligining radikal guruhi husiychilari tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumiga javob bo‘ldi. Tel-Avivdagi Ben Gurion xalqaro aeroporti yaqinida raketa qulashi oqibatida bir necha kishi jarohatlandi.

Isroil harbiylari Xodeyda portidan husiychilar «Eron qurollari, harbiy texnikalarini tashish va boshqa terrorchilik maqsadlarida» foydalanganini aytdi. TsAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Bajildagi sement zavodidan husiychilar tunnellar va harbiy infratuzilma qurish uchun foydalanmoqda. Isroil harbiylari bu hujum «rejim iqtisodiyoti va harbiy salohiyatiga zarba» ekanligini aytdi.