Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Yaqin Sharq sahnasida bu safar druzlar muhokama markazida. Isroil aynan druzlar sabab Suriyani bombaladi. Biroq Damashqning asosiy homiysi Turkiya hozircha sukutda. Buning sabablari nimada? Mavzuni siyosatshunoslar Farhod Karimov va Shavkat Ikromov “Geosiyosat”da o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Druzlar kimlar va Isroil nega druzlarning himoyachisi bo‘lmoqchi?
Farhod Karimov: Druzlar — bu Yaqin Sharq mintaqasidagi qadimiy elatlardan biri, yahudiylarga o‘xshab ham millat, ham dinni uyg‘urlashtirgan shakldagi bir guruh hisoblanadi. Ular o‘ziga xos yopiq madaniyatga ega. Ular asosan Yaqin Sharq (Livan, Suriya, Isroil)da tarqalgan sirli va yarim-yopiq diniy-falsafiy oqimdir. Druzlar o‘zlarini yagona Xudoga e’tiqod qiluvchilar deb ataydilar. Ularning diniy ta’limoti XI asrda Misrda hukmron bo‘lgan Fotimiylar xalifaligi davrida vujudga kelgan va Ismoiliylar shia yo‘nalishidan ajralib chiqqan.
Ularning umumiy miqdori millionga yaqinlashadi va arab tilida gaplashadi, arab tili yozuvlaridan foydalanishadi. Ular mintaqadagi boshqa xalqlar bilan ham juda katta integratsiyaga kirishmagan. Faqatgina ular Isroil bilan o‘ziga xos munosabatlarni shakllantirgan.
Hattoki Suriya hokimiyatiga Ahmad Ash-shara kelganidan keyin Isroil Jo‘lan tepaliklariga kirib borganda, aynan Netanyahudan bu harakatni druz yetakchilari “Bizni o‘z himoyangizga oling” deb iltimos qilib murojaat bilan chiqishgandi.
Shuning uchun ham yaqinda Damashq atrofidagi portlashlarda yoki hujumlarda Isroil aynan druzlar ularning himoyasi ostida ekanligini ko‘rsatish uchun ham amalga oshirishdi.
Shavkat Ikromov: Soniga ko‘ra eng ko‘p druzlar bugungi kunda Suriyada yashaydi. Undan keyin Isroilda va Livanda ham istiqomat qilishadi. Taxminan 150 mingdan ortiqroq druzlar Isroilda yashaydi deb ko‘riladi. Sharqdagi boshqa arab davlatlarida ham juda kam sonda yashaydi.
E’tiqodga ko‘ra ular ibroniy ya’ni Ibrohim alayhissalomdan qolayotgan yakka hudolik ta’limotiga amal qiladi. Xudoni yagona deb biladi, lekin shundan keyingi masalalar bo‘yicha barcha dinlardan farq qiladi. Suriyada yashayotganlarning ichida ham, Isroilda yashayotganlar orasida ham bo‘linishlar bor. To‘g‘ri, druzlarning ichida mazhabiy bo‘linishlar kuzatilmaydi. Lekin siyosiy hokimiyat qabul qilinishiga ko‘ra ular bo‘linadi.
Masalan, Isroildagilar aytadiki, biz e’tiqod nuqtayi nazaridan druzmiz, madaniy va etnik nuqtayi nazardan arabmiz va bizning fuqaroligimiz, ya’ni bizning vatandoshligimiz Isroil vatandoshi deb e’tirof etishadi. Isroildagi druzlar haqida gapirganimizda, Isroil an’analariga ko‘ra, Isroil armiyasida xizmat qilish huquqiga faqatgina yahudiylar ega deb bilinadi.
Isroil armiyasi Yaqin Sharqqa, xususan, G‘azo mintaqasiga qo‘shin kiritganda ham qo‘shin tarkibida druzlar Isroil armiyasining askarlari sifatida harakatlangan.
Isroil armiyasining tarkibida druzlarning “Qilichdorlar brigadasi” mavjud. Aynan shu brigada druzlardan tashkil topgan va ular har doim Isroil hukumati bilan qanday hukumat kelishidan qat’i nazar yaxshi munosabatlarda bo‘lib kelgan.
Birinchi marotaba ular Isroil Jo‘lan tepaliklarini egallaganda yahudiy davlati tarkibiga kirgan. O‘shandan bu druzlar o‘zi ikkiga bo‘lingan: mustaqil bo‘lib chiqish va Falastin davlat tarkibida rivojlanish, ikkinchisi Isroil hokimiyatini qabul qilish.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.