softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

Batafsil o'qish:

Yevrokomissiya Rossiyadan quvur orqali keladigan va suyultirilgan gaz yetkazib berishni to‘liq taqiqlash haqida e’lon qilmoqchi, deb yozadi Bloomberg. Aniq vaqt chegarasi muqobil variantlar qanchalik tez topilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiya gazi importini to‘liq taqiqlash niyatida. Yevropa komissiyasi iyun oyida Rossiya bilan yangi kelishuvlar va amaldagi spot shartnomalar bo‘yicha gaz sotib olishni taqiqlashni taklif qilishni rejalashtirmoqda, bu esa ushbu yetkazib berishning uchdan bir qismiga to‘g‘ri keladi, deb yozdi agentlik 5 may, dushanba kuni masaladan xabardor manbalarga tayanib.

Yevropa komissiyasi bu boradagi rejalarini 6 may kuni Strasburgda e’lon qilishi kerak, deb yozadi Bloomberg.

Cheklovlar joriy yilning oxirigacha kuchga kirishi mumkin, biroq Rossiyadan gaz importini yakuniy taqiqlashning aniq muddati Yevropa Ittifoqi davlatlarining boshqa davlatlardan, xususan, AQSh, Qatar va Kanadadan, shuningdek, Afrika davlatlaridan suyultirilgan gazni muqobil yetkazib berish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi, deb yozadi Bloomberg. Qo‘shma Shtatlar va Qatardan katta hajmdagi ta’minot faqat 2027 yildan boshlab kutilmoqda, deya ta’kidlanadi ma’lumotda.

Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib berish hajmi 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri keskin kamaydi. Biroq, Rossiya Turkiya orqali o‘tadigan quvur orqali gaz, shuningdek, suyultirilgan gazning muhim yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda.

2024 yilda Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazib berish rekord darajaga ko‘tarilganidan so‘ng YeI importidagi rus gazining ulushi 19 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanishidan oldin bu ko‘rsatkich 40 foizga teng edi. Avvalroq Reuters agentligi YeI Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazib berishni taqiqlash rejalarini keyinga surgani haqida xabar bergan edi.