Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
«Boshqa rahbarda o‘z tashabbusi, o‘z qarashlari bo‘ladi. Umid qilamanki, iltimosim qo‘llab-quvvatlanadi», dedi u.
Foto: Reuters
Rossiyaning Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda «Chechnya segodnya» xabar berdi.
Jurnalistlar respublika rahbaridan uning iste’foga chiqishi haqidagi mish-mishlar haqida so‘rashdi.
«Men ham bu mish-mishlarni eshitdim. Ular har xil narsalarni yozadilar. Aksincha, men lavozimimdan bo‘shatishni o‘zim so‘radim. Boshqa rahbarda o‘z tashabbusi, o‘z qarashlari bo‘ladi. Umid qilamanki, iltimosim qo‘llab-quvvatlanadi», dedi u.
Checheniston rahbari bu so‘zlarni jiddiy aytganmi yoki hazillashganmi, ma’lum emas.
Ramzon Qodirov 2007 yilning 5 aprelida respublika rahbari bo‘ldi. U o‘z lavozimini Rossiyadagi boshqa hududlar rahbarlaridan ko‘ra uzoq vaqt davomida egallab kelmoqda. Checheniston rahbarining so‘nggi saylovi 2021 yil sentabrida bo‘lib o‘tgan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, u 99,7 foiz ovoz olgan. Qodirovning prezidentlik muddati 2026 yilda tugaydi.