softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

Batafsil o'qish:

Mart oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlar tarkibida 38 nafar general va admiral mavjud. Mudofaa vaziriga ko‘ra, armiyadagi generallarning kamida 20 foizi qisqartiriladi.

Pit Hegset / Foto: Reuters

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset harbiy xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha kampaniyasi doirasida yuqori qo‘mondonlik xodimlari sonini qisqartirishga qaror qildi.

Hegsetning xizmat xatida qayd etilishicha, AQSh armiyasidagi generallar va admirallar tarkibining kamida 20 foizi, Milliy gvardiya generallarining 20 foizi va Birlashgan qo‘mondonlikni qayta tashkil etish doirasida generallar va admirallarning yana 10 foizi qisqartiriladi.

AQSh Mudofaa vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarda keltirilishicha, 2025 yil 31 mart holatiga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari tarkibida 38 nafar general va admiral mavjud. Ular orasida Bosh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i, harbiy-dengiz operatsiya kuchlari boshlig‘i, harbiy-havo kuchlar shtabi boshlig‘i, shuningdek, AQSh qurolli kuchlarining Afrika va Yevropa qo‘mondonliklari boshliqlari hamda AQSh QKning Koreyadagi qo‘mondonligi boshlig‘i ham bor.

Pit Hegset aynan kim lavozimdan olinishiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati bir nechta yuqori martabali harbiy xizmatchilarni lavozimdan olgandi. Ular orasida mudofaa vazirining katta yordamchisi general-leytenant Jyennifer Short, Harbiy-dengiz kuchlari admirali Liza Franketti, shuningdek, sohilni qo‘riqlash xizmati komendanti admiral Linda Fegan ham bor. Fevral oyida Donald Tramp Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Charlz Braunni iste’foga jo‘natgandi.

Shuningdek, kelasi yili AQSh harbiy budjeti mamlakat tarixida birinchi marta bir trillion dollardan oshadi. Oq uy «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish, kemalar qurish va yadroviy triadani mustahkamlashni rejalashtirmoqda.