softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp neft narxi pasayishi Rossiyaning muzokaralardagi pozitsiyasini yumshatishi haqida gapirdi. Moskva rad etdi

Batafsil o'qish:

Andrey Gordeyev / Vedomosti

AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxi pasayishi va Rossiya budjeti daromadlari qisqarishi fonida Moskva urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda nisbatan kelishuvchan bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.

«O‘ylaymanki, Rossiya neftning hozirda tushib ketgan narxi bilan… Biz hozirda mojaroni hal qilish uchun yaxshi pozitsiyadamiz, ular ham buni xohlashadi», — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.

Tramp Ukraina ham urushni yakunlashni xohlashini aytib, «bu ro‘y berishi»ga umid bildirdi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov navbatdagi brifingda amalda Rossiya pozitsiyasi yumshatilishi ehtimolini rad etib, narxlardan qat’i nazar «Rossiya milliy manfaatlari» o‘zgarmasdan qolishini ta’kidladi.

«Albatta, neftning xalqaro bozordagi narxlari – mamlakatimizda budjetni shakllantirish uchun ham juda muhim omil bo‘lib, u o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ammo har qanday holatda ham Rossiyaning milliy manfaatlari hamma narsadan, neftning har qanday narxlaridan ustun turadi», – dedi Peskov.

U, shuningdek, Rossiya jahon bozorida neft narxining maqbul darajasini – juda past ham, juda yuqori ham bo‘lmagan darajada ushlab turish uchun OPeK mamlakatlari bilan ishlashni davom ettirayotganini ta’kidladi.

Neft narxi OPeK+ tashkilotining uni qazib olishni keskin oshirish qarori tufayli pasaymoqda. Mart oyida ishlab chiqarish hajmi (uch yil ichida birinchi marta) kuniga 138 ming barrelga, 3 mayda esa yana 411 ming barrelga oshirilishi e’lon qilindi, bu dastlabki rejaga nisbatan uch baravar ko‘p edi. Bloomberg strategiyani o‘zgartirish ortida Saudiya Arabistoni turgani, uni OPeK+ tashkilotining boshqa a’zolari tomonidan kvotalarga rioya qilmaslik qoniqtirmasligi va ushbu mamlakat rahbariyati Tramp bilan munosabatlarni yaxshilashga intilayotganini yozgan.

Aprel oyi boshidan beri neft narxi 20 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi.

Narxlar pasayishi tufayli Rossiya Moliya vazirligi allaqachon budjet daromadlarini qayta ko‘rib chiqdi - yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat yil oxirigacha 1,8 trillion rubl yo‘qotadi va buning natijasida budjet taqchilligi YaIMning 1,7 foizigacha oshadi.