softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Moskvaga dronlar hujumi: aeroportlar o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Moskvaga dronlar hujumi: aeroportlar o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Batafsil o'qish:

Shahar meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxti tomon uchgan uchta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bir sutkada ikkinchi marta Moskva va Rossiyaning markaziy qismidagi boshqa shaharlardagi aeroportlarda cheklovlar joriy etildi.

Foto: DW

Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha kunning ikkinchi yarmida uchta dron bilan Moskvaga qilingan hujumni qaytardi, deb 6 may, seshanba kuni Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Moskva viloyati osmonida ikkita UUA yo‘q qilinganini Rossiya Mudofaa vazirligi tasdiqladi.

Moskvaning «Vnukovo», «Domodedovo» va «Jukovskiy» aeroportlari parvozlarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar berdi «Rosaviatsia». Cheklovlar Kaluga, Tambov, Yaroslavl va Nijniy Novgorod aeroportlarida ham joriy etildi.

Avvalroq, 6 may kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon, Nijnekamsk, Samara va boshqa bir qator shaharlari aeroportlarida ham shunday cheklovlar joriy etilgan edi. Kun davomida ular ishini qayta tikladi. Avvalgi tunda Moskva aeroportlarining ishi ham to‘xtatildi, ertalab bu cheklovlar bekor qilindi.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, seshanba oqshomida Ukrainaning 57 ta uchuvchisiz uchog‘i yo‘q qilingan va tutib olingan - ulardan 31 tasi Bryansk viloyati osmonida. Ukraina Qurolli kuchlarining yana 14 ta droni Kursk viloyati, 7 tasi Orel viloyati, 2 tasi Kaluga va Ryazan viloyatlari hamda Qrim ustidan bittasi zararsizlantirildi, deyiladi vazirlik bayonotida.

6 mayga o‘tar kechasi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hududlari osmonida 105 ta, shu jumladan, Moskva viloyati hududida 19 ta dron urib tushirilgan. Ma’lum qilinishicha, urib tushirilgan bir dronning qoldiqlari Kashirskoye shossesidagi turar joy binosi yonidan, ikkinchisi esa Yangi Moskvadagi Kuvekino qishlog‘ida topilgan.