softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi

Batafsil o'qish:

Kelgusi 20 yil ichida Bill Geyts deyarli butun boyligini «dunyodagi odamlar hayotini saqlab qolish va yaxshilashga» berish niyatida.

Foto: DPA

Milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqin 20 yil ichida deyarli barcha shaxsiy boyligini xayriya va gumanitar maqsadlarga berishini ma’lum qildi. «Men butun boyligimni butun dunyo bo‘ylab hayotni saqlab qolish va yaxshilash uchun Geyts jamg‘armasi orqali beraman. Va 2045 yil 31 dekabrda jamg‘arma o‘z eshiklarini abadiy yopadi», dedi Geyts 8 may, payshanba kuni.

Kelgusi 20 yil ichida Geyts jamg‘armasi jami 200 milliard dollar xayriya qilishi kutilmoqda, bu tashkilotning 25 yillik faoliyati davomida berganidan ikki baravar ko‘p. Belgilangan miqdor jamg‘arma aktivlarining joriy hajmidan oshadi va yetishmayotgan mablag‘lar Geytsning shaxsiy boyligidan taqdim etiladi (u hozirda 108 milliard dollarga baholanmoqda), deya qayd etadi dpa agentligi.

«Odamlar o‘limimdan keyin men haqimda ko‘p gapirishadi, lekin men ularning hech biri: «U boy bo‘lib o‘ldi» demasligini xohlayman», — dedi Microsoft asoschilaridan biri.

«Odamlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan resurslarni berish kerak, - deb yozadi Geyts. - Shuning uchun, men o‘z boyligimni dastlab rejalashtirganimdan tezroq jamiyatga qaytarishga qaror qildim».