softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

Batafsil o'qish:

Qosim-Jo‘mart To‘qayevning otasi Kemel To‘qayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan, frontda jang qilib, mardlik va jasorat ko‘rsatgan.

Foto: akorda.kz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvonini berish haqidagi mukofot varaqasini topshirdi.

«Men sizga mukofot varaqasini bermoqchiman. Bu otangiz Sovet Ittifoqi qahramoni ordeni bilan taqdirlanganini tasdiqlovchi hujjat», dedi u To‘qayevga guvohnomani topshirar ekan.

O‘z navbatida, To‘qayev Putinga minnatdorlik bildirdi va amakisi Rjyev yaqinidagi ommaviy qabrga dafn etilganini aytdi.

«Men sizdan, Vladimir Vladimirovich va Rossiya hukumatidan uning suratini Rjyevdagi rus askari pannosiga joylashtirganingiz uchun minnatdorman», dedi u.

Qosim-Jo‘mart To‘qayevning otasi Kemel To‘qayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan. U frontda jang qilib, mardlik va jasorat ko‘rsatgan. Urush paytida og‘ir yaralangan, ammo davolanishdan so‘ng xizmatni davom ettirgan. Ushbu jangovar tajriba uning hayoti va ijodiga katta ta’sir ko‘rsatdi, uning adabiy asarlarida o‘z aksini topdi. Urushdan keyin Kemel To‘qayev detektiv va sarguzasht janrlariga ixtisoslashgan mashhur yozuvchi bo‘ldi.