softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ukrainada 10 may kuni «xohlovchilar koalitsiyasi» uchrashuvlari o‘tkaziladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Ukrainada 10 may kuni «xohlovchilar koalitsiyasi» uchrashuvlari o‘tkaziladi

Batafsil o'qish:

10 may kuni Ukrainada «xohlovchilar koalitsiyasi» doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, dedi Volodimir Zelenskiy.

Foto: Genya Savilov/AFP

10 may kuni Ukrainada, xususan, Rossiya Federatsiyasi va Kiyev o‘rtasidagi urush tugaganidan so‘ng tinchlikparvar kontingentni yaratish rejalari bilan shug‘ullanuvchi «xohlovchilar koalitsiyasi» doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 may, juma kuni Birlashgan ekspeditsiya kuchlari tarkibiga kiruvchi davlatlar rahbarlariga murojaatida bo‘lajak muzokaralar haqida ma’lum qildi.

«Ukrainada biz xohlovchilar koalitsiyasi rahbarlari bilan uchrashuvga ham tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, oldinda jiddiy ishlar kutib turibdi. Bizga bu koalitsiya kerak va u bizning umumiy qarashlarimizga muvofiq xavfsizlikni kafolatlaydigan darajada kuchli bo‘lishi kerak», — deya ta’kidladi Zelenskiy.

«Ishonchim komilki, Yevropa bunday jamoaviy ishdan faqat foyda ko‘radi — bu butun mavjud xavfsizlik arxitekturasini mustahkamlashga yordam beradi. Uchrashuvlar - ertaga», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Xohlovchilar koalitsiyasi»ga, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kiradi. Jami guruh 30 ga yaqin davlatni qamrab oladi.