softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi

Batafsil o'qish:

Ukraina agar Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lsa, uchrashuvlarga tayyor. Zelenskiy buni urushni to‘xtatish uchun «birinchi qadam» deb atadi.

Foto: AP

Ukraina Rossiya tomoni 12 maydan boshlab «to‘liq, uzoq va ishonchli» tinchlik sulhiga rozi bo‘lishini kutmoqda va Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazish uchun uchrashuvlarga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

«Ruslar va nihoyat urushni yakunlash haqida o‘ylay boshlagani — bu yaxshi belgi. Butun dunyo buni anchadan beri kutmoqda. Va urushni haqiqatda yakunlash yo‘lidagi eng birinchi qadam bu — o‘t ochishni to‘xtatish», — deydi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganidan keyin muzokaralarga rozi bo‘lishini ma’lum qildi: «Avvaliga 30 kunlik otashkesim, keyin esa qolganlari».

Shu bilan birga, na Yermak va na Zelenskiy o‘z postlarida Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar borasidagi taklifini tilga oldi.

Fransiya prezidenti va YeIga a’zo boshqa davlatlar yetakchilari 10 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Kiyevda uchrashdi. Uchrashuvdan keyin Ukraina 12 maydan boshlab «quruqlikda, havoda va dengizda kamida 30 kunlik to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish»ga tayyor ekani e’lon qilindi. Tramp 30 kunlik otashkesimni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 10 may kuni RF hukumati o‘t ochishni 30 kunga to‘xtatish taklifi ustida bosh qotirayotganini aytib, Rossiyaga «bosim o‘tkazishga urinish» foydasiz ekanini ta’kidlagandi.

11 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti matbuot anjumani o‘tkazdi va Ukrainaga 15 may kuni Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni «qayta tiklashni» taklif qildi. Putin o‘z bayonotida doirasida 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifga munosabat bildirmadi.