Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Shuningdek, yana 35 kishi jarohat olgan bo‘lib, ular shifoxonalarga yetkazilgan.
Foto: AP
Shri-Lankada avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib mahalliy Adaderana portal xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida 35 kishi jarohat olgan. Ular Nuvara-Eliya va Kotmaledagi shifoxonalarga yetkazilgan.
YTHda halok bo‘lganlar shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Yo‘l-transport hodisasi Shri-Lankaning Markaziy provinsiyasidagi Kotmale hududida sodir bo‘lgan. Mamlakat Transport kengashiga tegishli avtobus janubiy Kataragama ziyoratgohidan Kurunegalaga ketayotganida yo‘ldan chiqib, qariyb 100 metr balandlikdan qulab tushgan.
Avvalroq Shri-Lankadagi Maduru Oya suv omboriga Bell 212 vertolyoti qulab tushgan edi. Mamlakat Harbiy-havo kuchlari (HHK) vakilining so‘zlariga ko‘ra, havo kemasi fuqarolik urushi tugaganiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan harbiy paradga tayyorgarlik doirasida sinov parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.