softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi

Batafsil o'qish:

Putin 15 may kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklash taklifini bildirib, bu borada Turkiya prezidenti bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralar uchun yana maydoncha taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va RF prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Erdo‘g‘an bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasi haqida Putin Istanbulda Ukraina bilan muzokaralarni tiklash taklifini bildirgan vaqtida aytib o‘tgandi.

Turkiya tomonining versiyasiga ko‘ra, Erdo‘g‘an Putinga o‘z mamlakati Rossiya—Ukraina muzokaralar uchun yana maydoncha taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan. TRT Haber’ning qayd etishicha, Erdo‘g‘an «tinchlikka erishish nuqtai nazaridan imkoniyatlar oynasi ochilgani»ni ta’kidlagan. Shu bilan birga, u «keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish tinchlik muzokaralari uchun zarur muhitni yaratishi»ni aytgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Putin va Erdo‘g‘an muloqoti haqida xabar berarkan, Turkiya prezidenti Rossiya rahbarining 15 may, payshanba kuni Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tashabbusini «to‘liq qo‘llab-quvvatlaganini» ma’lum qilgan. TIV bayonotida Erdo‘g‘anning «keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish» haqidagi so‘zlari tilga olinmagan.

11 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti matbuot anjumani o‘tkazdi va Ukrainaga 15 may kuni Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni «qayta tiklashni» taklif qildi. O‘z navbatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning 12 maydan boshlab «to‘liq, uzoq va ishonchli» tinchlik sulhiga rozi bo‘lishini kutayotgani va Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazish uchun uchrashuvlarga tayyorligini ma’lum qildi.