Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar koinot ob-havosini prognoz qilish, radioaloqa va navigatsion tizimlarga ta’sir ko‘rsatadigan ionosfera buzilishlarini o‘rganishda qo‘l keladi.
Foto: Xinhua
Xitoyning «Chanchjen-6A» tashuvchi raketasi 11 may kuni uchta «Yaogan-40-02» elektromagnit monitoring sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Qayd etilishicha, yengil uch pog‘onali raketa Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasidagi joylashgan Tayyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Kosmik apparatlar belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli chiqqan.
XXR aerokosmik ilm-fan va texnika koporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar yer atrofi orbitasida elektromagnit monitoring o‘tkazish va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Uzunligi 50 metrga yetadigan modifikatsiya qilingan «Chanchjen-6A» kerosin/suyuq kislorod juftligidagi ekologik toza yoqilg‘ida ishlaydi va 6,5 tonngacha foydali yukni 500 kilometr balandlikkacha olib chiqishga qodir.
Yerning elektromagnit maydonini kuzatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar koinot ob-havosini prognoz qilish, radioaloqa va navigatsion tizimlarga ta’sir ko‘rsatadigan ionosfera buzilishlarini o‘rganish, shuningdek, foydali qazilmalarni qidirish va seysmik faollikni kuzatishda qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq Xitoy Yer atrofidagi orbitada o‘zining kosmosdagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sun’iy yo‘ldoshlar o‘rtasida «havo janglari» o‘tkazishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.