softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

Batafsil o'qish:

Hozirda MI6 rahbarligiga asosan ikki nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan biri Britaniya Chegara agentligini boshqargan Barbara Vudvorddir.

Foto: Wikimedia

Buyuk Britaniyaning Maxfiy razvedka xizmatiga (MI6) tarixida ilk bor ayol rahbar tayinlanadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nomzodlardan kamida ikkitasi MI6 ning amaldagi ayol xodimlari hisoblanadi, shu bois ularning ismlari oshkor qilinmagan. Nomzodlardan biri – MI6 muhandislik bo‘limi rahbari bo‘lib, u amaldagi direktorning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinmoqda.

Yana bir nomzod — Barabara Vudvord. U ilgari Britaniya Chegara agentligini boshqargan, hozirda esa Birlashgan Qirollikning BMTdagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yurityapti.

Amaldagi MI6 rahbari Richard Mur ilgari diplomatik xizmatda ishlagan, keyin esa Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lgan, 2020 yilda esa MI6 ga direktor sifatida qaytgan. Uning lavozimdagi 5 yillik muddati shu yil yakunlanadi va o‘rniga kadr tanlash jarayoni jadallashgan.

Mur 2023 yilda lavozimga faqat erkaklar ro‘yxatidan tanlab olinganini ta’kidlab, endilikda bunday yondashuvga chek qo‘yilishinva ayollarning ham teng imkoniyatga ega bo‘lishini aytgan edi.

Barabara Vudvord Britaniya diplomatik xizmatidagi eng yuqori martabali ayol hisoblanadi. Biroq u 2015–2020 yillarda Pekindagi elchilik davrida Xitoyga nisbatan yetarlicha qat’iy pozitsiya tutmagani uchun tanqid qilingan.

Tayinlov bo‘yicha yakuniy qaror Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tomonidan tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi hamda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jonatan Pauell tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Ichki xavfsizlik xizmatiga (MI5) esa ilgari ikki ayol rahbar — Stella Rimington va Eliza Menningem-Buller rahbarlik qilgan. Ammo 1909 yilda tashkil etilgan Britaniya razvedkasini hozirgacha boshqargan 17 rahbarning barchasi erkaklardir.