Armaniston Rossiyaga norozilik notasini yubordi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga norozilik notasi yubordi. Bu haqda Armaniston yuqori texnologiyalar vaziri Mxitar Ayrapetyan ma’lum qildi, deb yozadi “Report” “Sputnik Armeniya”ga tayanib.
Bunga Rossiyaning teleko‘rsatuv standartlarini buzgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
“Rossiya bilan ommaviy kommunikasiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi davlatlararo shartnoma, ehtimol, takomillashtirilishi yoki qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Ikki davlat vakolatli amaldorlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan ikki oy o‘tib, yana bir qonunbuzarlik qayd etildi”, — dedi vazir.
Manba: www.aniq.uz