Chenab daryosida joylashgan gidroelektr stansiyalarining ikkita to‘g‘onidagi shlyuzlar ochildi.
Hindistondan Pokiston tomon oqadigan Chenab daryosida joylashgan gidroelektr stansiyalarning ikkita to‘g‘onidagi shlyuzlar ochildi. Voqea joyidan olingan videolarda kuchli suv oqimini ko‘rish mumkin.
Asian News International ma’lumotlariga ko‘ra, Chenab daryosidagi o‘zgarishlarga oid ilk xabarlar 10 may kuni paydo bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 07:04 da olingan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda shlyuzlari ochilgan to‘g‘on va suv oqimi pastga qarab tushayotganini ko‘rish mumkin.