softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

Batafsil o'qish:

Chet el fuqarolari inson hayoti xavf ostida qolganida bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘ldi.

Foto: Kommersant’

2025 yil 1 sentabrdan boshlab Rossiyada chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi: agar inson hayoti xavf ostida bo‘lsa, davlat va xususiy klinikalar bepul yordam ko‘rsatishi shart.

Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, shoshilinch bepul tibbiy yordam kutilmagan o‘tkir kasalliklar, surunkali kasallikning kuchayishi, jarohatlar, zaharlanish va hayotga tahdid soladigan boshqa og‘ir vaziyatlarda ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq sug‘urtalangan xorijlik shaxslar xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega. Bunday holda, xizmatlar polisda ko‘rsatilgan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda taqdim etiladi.

Shuningdek, tez yordam brigadalari xorijliklarga kasallik, baxtsiz hodisalar, jarohatlar, zaharlanish va shoshilinch tibbiy aralashuvni talab qiladigan boshqa holatlarda bepul yordam ko‘rsatadi. Biroq, bu talab faqat davlat tibbiy tashkilotlariga tegishli.

Qoidalarda chet el fuqarolariga shoshilinch tibbiy yordam (tez yordam mashinalaridan tashqari) pullik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi asosida ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududida xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi qoidalari 2031 yil 1 sentabrgacha amal qiladi.