softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zararsizlantirilmagan bomba portlab ketgan. Hodisa joyida qayta portlash yuz berish xavfi mavjud.

Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida yaroqlilik muddati o‘tgan o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Compas.tv.

Qayd etilishicha, Sagara qishlog‘ida o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida fojia yuz bergan. Portlash oqibatida 13 kishi — to‘rt nafar harbiy xizmatchi va to‘qqiz nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zararsizlantirilmagan bomba portlab ketgan. Hodisa joyida qayta portlash yuz berish xavfi mavjud. Hudud harbiylar tomonidan qo‘riqlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, portlash muddati o‘tgan o‘q-dorilar utilizatsiya qilinadigan maydonda sodir bo‘lgan — mahalliy aholi bu yerda tez-tez metallolom terish bilan shug‘ullanadi.

Bu Indoneziyada bir yil davomida kuzatilgan harbiy o‘q-dorilar bilan bog‘liq ikkinchi ko‘ngilsiz hodisa hisoblanadi. O‘tgan yilning mart oyida harbiy omborda yuz bergan yong‘in oqibatida portlashlar seriyasi sodir bo‘lgandi.