O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.
Foto: Getty images
AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi (Green Card) doirasida 55 mingtagacha doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda ushbu vizani qo‘lga kiritish uchun taxminan 131 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
3 may kuni dastur natijalari e’lon qilindi, xususan, Green Card yutganlarning eng ko‘pi Afrika, Osiyo va Yevropa mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan. Unga ko‘ra:
«Ro‘yxatdan o‘tgan dastlabki 55 ming kishidan ba’zilari viza berish uchun o‘z ishini davom ettirmasligi mumkinligi sababli, bu muhimroq raqam barcha DV-2025 raqamlari 2025 yilda (2024 yil 1 oktyabr, 2025 yil 30 sentabrgacha) ishlatilishini ta’minlashi kerak», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQShda 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.
Har yili 55 mingta vizaga ega chiqish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina viza oladi.