softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kreml Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talabiga javob qaytardi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Kreml Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talabiga javob qaytardi

Batafsil o'qish:

Peskov Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish talablarini «ultimatumlar tili» deb atadi, buni «Rossiya uchun qabul qilib bo‘lmaydi».

Foto: RIA Novosti

Kreml G‘arb yetakchilarining Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini boshlash haqidagi talablarini qabul qilib bo‘lmaydigan «ultimatum» deb atadi. Bu haqda 12 may, dushanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Bu ogohlantirishdan oldin biz kuni kecha ham ogohlantirishni eshitgan edik. Yodingizda bo‘lsa, ular ham ultimatum ko‘rinishida aytilgan edi. Bunday ultimatum tili Rossiya uchun qabul qilinishi mumkin emas. Rossiya bilan bunday tilda gaplasha olmaysiz», — dedi Peskov.

Avvalroq Germaniya hukumati matbuot kotibi Shtefan Kornelius, agar Moskva rasmiylari 12 mayda Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha talablarni bajarmasa, Berlin yevropalik hamkorlar bilan sanksiyalar tayyorlashini aytdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «uzoq muddatli tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish yo‘llarini jiddiy izlashga» bel bog‘lagan. Kreml matbuot kotibi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash taklifini yana bir bor esladi, biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Putinga ularda shaxsan ishtirok etish taklifiga izoh bermadi.