softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

Batafsil o'qish:

Mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum matbuot anjumani o‘tkazib, hozircha hujum nima sababdan uyushtirilgani yuzasidan ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

Meksikaning Verakrus shtatida 11 may kuni noma’lum shaxslar Teksistepek munitsipaliteti meri lavozimiga nomzod Yeseniya Lara Guterrezning saylovoldi mitingini o‘qqa tutdi. Hujum oqibatida siyosatchi va yana uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi CNN.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum ertasi kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida hozircha hujum nima sababdan uyushtirilgani yuzasidan ma’lumotga ega emasligini aytdi. Shuningdek, u hukumat shtat rasmiylarining harakatlarini muvofiqlashtirayotganini qo‘shimcha qildi. Halok bo‘lgan Guterrez hukmron «Milliy uyg‘onish harakati» partiyasining a’zosi edi. Verakrusdagi saylovlar 1 iyun sanasiga rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Meksikada siyosiy sabablar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni rekord ko‘rsatkichga yetgan. Data Civica inson huquqlari tashkiloti statistikasiga ko‘ra, 2024 yilda 661 ta shu kabi hujum qayd etilgan. Qurbonlarning aksariyati munitsipal darajadagi lavozimlarni egallagan yoki ularga o‘z nomzodini qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Meksikaning Verakrus shtatidagi Idalgotitlan shahriga yangi mer etib saylangan Santana Krus Baena kechki vaqt o‘z uyida noma’lum shaxslar tomonidan otib ketilgan edi.