softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

Batafsil o'qish:

Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Ukrainaga «ko‘plab yetakchilar, jumladan, Xitoy raisi ham bor joyda xavfsizlik ta’minlanishi» adolatdan bo‘lishini ishora qilgan.

Foto: Reuters

Ukraina Qurolli kuchlari Xitoy so‘roviga binoan Moskvadagi G‘alaba paradini buzishga urinishlardan voz kechdi, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Ukraina tomonidan taklif qilingan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llab-quvvatlashi haqida ishora olgan. Shuningdek, Xitoy Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligini nishonlash chog‘ida «ko‘plab yetakchilar, jumladan, Xitoy raisi ham bor joyda xavfsizlik ta’minlanishi» adolatdan bo‘lishini ma’lum qilgan. Ukraina rasmiylari bunga rozi bo‘lgan.

«Ukraina har doim va’da qilgan narsani bajarishini yana bir bor tasdiqladi. Rossiya propagandasiga qaramay, 9 may kuni ularning paradiga hujumlar bo‘lmadi», dedi Zelenskiy.

Aprel oyi oxirida Putin Ukrainaga 8 maydan 10 maygacha, shu jumladan, uch kunlik otashkesim taklif qilgan edi. Kiyev buni rasman rad etdi: Zelenskiy Rossiya prezidenti shunchaki «parad paytida sukunatni ta’minlashni» xohlayotganiga ishonch bildirdi va buning o‘rniga 30 kunlik to‘liq sulh zarurligini aytdi.

Paraddan bir necha kun oldin Ukraina hukumati amaldorlari, jumladan, Zelenskiyning o‘zi ham Ukraina uni buzishga urinishi mumkinligiga qayta-qayta shama qilgan edi. 7 may kuni Moskvaga Ukraina dronlari tomonidan hujum uyushtirildi, bu esa aeroportlar faoliyatining to‘xtatilishiga va yuz minglab yo‘lovchilarga ta’sir ko‘rsatgan transport tirbandligiga olib keldi.

Putin tomonidan e’lon qilingan sulh boshlanganidan so‘ng, Ukraina ommaviy axborot vositalari yozganidek, ko‘plab Ukraina harbiy qismlari faqat Rossiya hujumlariga javoban o‘t ochish haqida buyruq oldi.