Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi harbiy operatsiya to‘liq yakunlanishi va HAMAS yo‘q qilinishini aytdi.
Foto: AFP
Isroil yaqin kunlarda G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini «to‘liq kuch bilan» yakunlashga kirishadi, bu esa radikal HAMAS harakatining mag‘lubiyatini anglatadi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyahu bayonot berdi.
«Yaqin kunlarda biz [G‘azo sektoridagi] operatsiyani yakunlash uchun to‘liq kuch bilan harakatni boshlaymiz. Operatsiyani yakunlash – HAMAS yo‘q qilinishi demakdir», dedi u.
Netanyahuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil agar HAMAS garovdagi isroilliklarni ozod qilmoqchi bo‘lsa, qabul qiladi, ammo bundan keyin ham harbiy operatsiyani davom ettiradi.
U, shuningdek, «Isroil urushni zinhor to‘xtatmaydi», deb ta’kidladi, shu bilan birga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini istisno qilmadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 12 may kuni Falastinning HAMAS guruhi tomonidan Amerika fuqarosi bo‘lgan isroillik askar Iden Aleksandrning ozod etilishi Isroilning ushbu harakat bilan ziddiyatiga barham berish uchun zarur bo‘lgan «oxirgi qadamlardan biri» ekanini aytdi.
2025 yil yanvarida Isroil va HAMAS Misr, Qatar va AQSh vositachiligida sulh bitimini imzoladi. Birinchi bosqich 42 kun davom etdi, bu davrda garovga olingan 33 kishidan 25 nafari uyga qaytdi, qolgan 8 nafari esa asirlikda vafot etdi.
O‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi bo‘yicha muzokaralar hech qachon boshlanmadi. Mart oyida Isroil G‘azo sektoriga hujumlarni qayta boshladi.