softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

Batafsil o'qish:

Stefan Dyujarrik eksklavdagi yomonlashayotgan gumanitar vaziyatga e’tibor qaratdi.

Foto: Getty Images

G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat keskin yomonlashda davom etmoqda. Aholiga tarqatilayotgan issiq tushlik o‘tgan haftaga nisbatan 70 foizga kamaydi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik brifingda aytganidek, ishlayotgan oshxonalar resurslar yetishmasligi sababli oziq-ovqat tayyorlash imkonini yo‘qotmoqda.

Agar ilgari kuniga qariyb 840 ming porsiya tarqatilgan bo‘lsa, hozir bu atigi 260 mingni tashkil etadi, deya ta’kidladi tashkilot vakili va insonparvarlik yordami faqatgina oziq-ovqatdan iborat emasligini qo‘shimcha qildi. «Odamlarga suv, sanitariya, tibbiyot, ta’lim va himoya kerak», dedi Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalar va suv ta’minoti obektlarida yonilg‘i zaxiralari kamaymoqda. «G‘azodagi tibbiyot tizimi tanazzul yoqasida. Kasalxonalar yaradorlar bilan to‘lib-toshgan, dori-darmon, asbob-uskunalar, qon va xodimlarning keskin tanqisligi kuzatilmoqda», — dedi BMT vakili.