Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rossiya delegatsiyasi Ukrainani 15 may kuni Istanbulda kutadi, dedi Kreml vakili. U delegatsiya tarkibiga kimlar kirishini aytmadi.
Foto: Valery Sharifulin/TASS/dpa/picture alliance
Rossiya delegatsiyasi 15 may kuni Istanbulda muzokaralar uchun Ukraina vakillarini kutadi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. «Bizning delegatsiyamiz u yerda bo‘ladi va Ukraina tomonini kutadi», dedi u 13 may, seshanba kuni VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinga bergan izohida.
Shu bilan birga, Peskov yana Rossiya muzokara guruhi tarkibini oshkor qilishdan bosh tortdi. «Prezident buyruq berganida, biz buni qilamiz», dedi Kreml vakili.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan sarmoyaviy forumda siyosatchi «u yerga bormoqchi» dedi. U muzokaralardan «juda yaxshi natijalar» kutayotganini qo‘shimcha qildi. G‘arb matbuotiga ko‘ra, Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Kit Kellog ham muzokaralar uchun Istanbulga yo‘l oladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Anqarada uchrashishga kelishib olganini, biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya poytaxtiga borishdan bosh torsa va Istanbulni tanlasa, Zelenskiy va Erdo‘g‘an ham u yerga borishga tayyorligini aytdi. «Biz Putin bilan bu uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun hamma narsani qilamiz. Faqat u o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.