softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp Suriyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini aytdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp Suriyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini aytdi

Batafsil o'qish:

AQSh prezident Ar-Riyodga tashrifi vaqtida Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad Ash-Shar’a bilan uchrashdi. «Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni buyuraman, bu ularga katta imkoniyat berish uchun qilinadi», dedi u.

Foto: Bandar Al-Jaloud/Saudi Royal Palace/AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

«Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashga buyruq beraman, bu ularga buyuklikka erishish imkoniyatini beradi», dedi u 13 may, seshanba kuni u Ar-Riyodga tashrifi chog‘ida.

Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan vaziyatni muhokama qilganidan keyin tegishli qarorga kelganiga aniqlik kiritdi.

U tashrifi davomida Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad Ash-Shar’a bilan uchrashdi.

Damashq Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotini olqishladi. Suriyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishi «Suriya xalqi uchun iqtisodiy barqarorlik va ko‘p yillik halokatli urushdan keyin haqiqiy tiklanish yo‘lidagi taraqqiyotimizdagi hal qiluvchi burilish nuqtasidir», dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy Sana Suriya davlat axborot agentligi bilan suhbatda.

Dpa agentligi xabariga ko‘ra, Suriyaning bir qator shaharlarida odamlar AQShning o‘z mamlakatlariga qarshi sanksiyalari yaqinda bekor qilinishi haqidagi xabarni xursandchilik bilan qarshi oldi. Guvohlarning jurnalistlarga aytishicha, suriyaliklar Damashq, Homs va boshqa shaharlarda ko‘chalarga chiqqan. Ko‘chalar bo‘ylab avtomashinalar kolonnalari o‘tgan, haydovchilar signal bergan, yo‘lovchilar davlat bayroqlarini hilpiratgan.

«Sanksiyalarning olib tashlanishi Suriyani vayron bo‘lish yo‘liga olib kelgan avvalgi rejim ustidan ikkinchi g‘alabadir», — dedi Damashq aholisidan biri.

Kuni kecha AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qilgandi.