softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi

Batafsil o'qish:

Rad etish sabablariga hujjatlar to‘plamining to‘liq bo‘lmaganligi, ta’lim muassasalarida o‘rin yo‘qligi va taqdim etilgan hujjatlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar kirgani aytilmoqda.

Foto: klops.ru

Rossiya hukumati migrant bolalarning rus tili imtihonida qatnashish uchun yuborgan arizalari aksariyatini rad etdi, deb xabar berdi Rosobrnadzor 13 may kuni.

Rus maktablariga kirish va o‘qishni davom ettirishni rejalashtirayotgan voyaga yetmagan chet el fuqarolari uchun rus tilini bilish darajasini aniqlash testi 2025 yil 1 apreldan boshlab joriy qilingan edi.

«Test sinovlari boshlanishida 1762 ta ariza topshirilgan. Ularning 81 foizi rad etilgan. Rad etish sabablariga hujjatlar to‘plamining to‘liq bo‘lmaganligi, ta’lim muassasalarida o‘rin yo‘qligi va taqdim etilgan hujjatlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar kiradi», deyiladi xabarda.

Rosobrnadzor xabariga ko‘ra, 335 nafar bolaga test sinovida ishtirok etishga ruxsat berilgan, shundan 44 nafari test topshirgan va 27 nafari yoki 61 foizi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan.

Qayd etilishicha, test sinovlari variantlari 1-sinfdan 11-sinfgacha umumta’lim maktabining har bir sinfidagi ta’lim darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.

1-sinfga kirish uchun nutq, tinglash va tushunish qobiliyatlari, shuningdek, leksik va grammatik bilimlar talab qilinadi; 1-sinfda test sinovlari faqat og‘zaki tarzda o‘tkaziladi.

2-sinfdan boshlab diagnostika ishlari o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tekshirish bo‘yicha topshiriqlar bilan to‘ldiriladi; shunga ko‘ra, test og‘zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi.

«Barcha topshiriqlar chet el fuqarosining tegishli sinfning ta’lim dasturlari doirasida rus tilida ta’lim olish qobiliyatini baholashga qaratilgan», deyiladi xabarda.

Rossiyada 2024 yilda «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan teraktdan so‘ng, migrantlarga qarshi cheklovlar kuchaytirildi. Jumladan, nikoh orqali yashash ruxsatnomasini olish cheklovlari, deportatsiya qilishning yangi qoidalari, norezidentlarning 10 dan ortiq SIM-karta olishini taqiqlash, rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga qabul qilishga cheklovlar joriy qilindi.