softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

Batafsil o'qish:

Manzillar orasida Isroil yo‘q. Trampning Yaqin Sharqqa safari: xalqaro siyosat, milliardlar va shov-shuvli bayonotlar. Ammo mish-mishlarda aytilganidek Falastin davlatini tan olish haqida hozircha gap-so‘z yo‘q.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddatida ham ilk xorijiy safarini Saudiya Arabistoniga amalga oshirdi. U yana o‘tmishdoshlaridan farqli ravishda Kanada yoki Meksika kabi yaqin qo‘shnilarni emas, balki neft va boylik markazi – Ar-Riyodni tanladi. Uni ayeroportda Saudiya valiahd shahzodasi, mamlakatning amalda birinchi raqamli odami Muhammad bin Salmon kutib oldi. Ular qirollik oilasining portretlari fonida rasmga tushdi – bu ramziy jihatdan AQShning Saudiyadagi hukmron sulolaga hurmatini ko‘rsatadi.

600 milliard dollarlik kelishuv

Eng muhim voqealardan biri Trampning Saudiya-Amerika investitsiya forumida ishtirok etishi bo‘ldi. Ikki mamlakat yetakchilari huzurida ko‘p milliardlik shartnomalar imzolandi. Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni AQSh iqtisodiyotiga jami 600 milliard dollar investitsiya kiritadi. O‘zaro hamkorlik texnologiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va mudofaa kabi sohalarni qamrab oladi.

Katta ehtimol bilan, 600 milliard dollar – bo‘rttirilgan raqam. Ochiqlangan kelishuvlarning jami qiymati bu summaning yarmiga ham bormaydi. Shu bilan birga, bitimlar orasida mudofaa sohasidagi kelishuvlarning qiymati tarixiy rekord ekani bilan ajralib turadi. Unga ko‘ra, AQSh kompaniyalari qurol-yarog‘lar va boshqa mudofaa texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha saudlardan jami 142 milliard dollarlik buyurtmalarni olyapti. Bu Amerika tarixidagi eng yirik mudofaa bitimi sifatida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, ayrim tahlilchilar bu kabi yirik miqdordagi bitimlarning amalda to‘liq amalga oshirilishiga shubha bilan qaramoqda, chunki ilgari e’lon qilingan shartnomalarning ba’zilari to‘liq bajarilmagan edi. Masalan 2017-yilda Tramp Saudiya Arabistoni bilan 110 milliard dollarlik qurol-yarog‘ bitimini e’lon qilgan, bu kelishuv qiymati 10 yil davomida 350 milliard dollarga yetishi rejalashtirilgan edi. Lekin 2018-yilga kelib, bu bitim doirasida atigi 14,5 milliard dollarlik savdolar amalga oshirilgan, qolgan qismi esa turli sabablarga ko‘ra bajarilmagan.

Suriya, Qatar va BAA

Ar-Riyodda Donald Tramp, Muhammad bin Salmon va videoaloqa orqali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida uch tomonlama muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu muloqotdan keyin AQSh prezidenti Suriyaga nisbatan joriy etilgan asosiy sanksiyalarni olib tashlashini e’lon qildi. Ertasiga Tramp va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’a o‘rtasida ham ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Taxminan yarim soat davom etgan uchrashuvda Tramp Suriyaning yangi rahbarini Ibrohim kelishuvlari formatida Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash, xorijiy terrorchilarni mamlakatdan chiqarib yuborish, AQSh bilan birga IShIDning tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi vazifalarni bajarishga chaqirgan. Ash-Shar’a esa AQSh, Saudiya va Turkiya rahbarlariga minnatdorlik bildirib, Suriya dunyoga ochilishi, mamlakatda Eronning ta’siri kamayishini aytgan, o‘z mamlakatining neft va gaz sohasiga investitsiya kiritishga chaqirgan.

Trampning keyingi bekati – Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari bo‘ladi. U Fors ko‘rfazi davlatlari bilan jami 1 trillion dollarlik bitimlar tuzmoqchi. Saudiyaning o‘zi bilan 600 milliardga kelishilgani aytildi, shu tariqa, qolgan 400 milliardni boshqa arab shayxlari zimmasiga olishi kerak bo‘ladi.

Falastin davlati tan olinadimi?

AQSh prezidenti Yaqin Sharqqa tashrif davomida mintaqadagi eng asosiy ittifoqchisi – Isroilga bormaydi. Tashrifdan oldin Tramp Falastinni davlat sifatida tan olishi mumkin degan xabarlar ham tarqalgan edi. Agar shunday voqea sodir bo‘lsa ham, bu katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni yoki Qatarda e’lon qilinishi mumkin. Lekin hozircha aniq rasmiy qadamlar yo‘q.

Trampga sovg‘a

Qatar rahbariyati AQSh prezidentining kelishidan oldin unga 400 million dollarlik Boyeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilishga tayyorligini bildirgan. Hashamatli samolyotda keng yotoqxona, bir nechta hammom, shaxsiy ofislar va boshqa qulaylikla bor. Tramp bu samolyotni prezidentlik muddati tugagach, o‘zining Prezident kutubxonasi jamg‘armasiga topshirishni rejalashtirmoqda.

Lekin bu sovg‘a AQShda siyosiy va huquqiy bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Demokratlar bu sovg‘ani konstitutsiyaning chet eldan sovg‘alar qabul qilishni cheklovchi bandini buzishi mumkin deb hisoblashmoqda. Shuningdek, samolyotning xavfsizlik talablari va Qatar bilan bo‘lgan siyosiy aloqalar ham tanqid ostida. Shu bois Tramp Dohaga borganida o‘zi bilan yangi samolyotni ham olib ketadimi-yo‘qmi, noma’lum bo‘lib turibdi.