softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi

Batafsil o'qish:

52 yoshli erkakning o‘limiga olgan ko‘plab jarohatlari sabab bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Janubiy Karolinada 52 yoshli Erik Sleyt ismli erkakning o‘limi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgach halok bo‘lgan, deb yozmoqda The Guardian.

Qayd etilishicha, erkak o‘tgan juma kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda vafot etgan. Sleytning o‘limi sababini aniqlash bilan shug‘ullanayotgan Tamara Uillardning ta’kidlashicha, erkakning o‘limiga kuch ishlatish oqibatida olingan ko‘plab jarohatlar sabab bo‘lgan. Fojiaga aloqador jonzot tirik ekani aytilmoqda. Hayvonot bog‘ida tekshiruvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Erik Sleyt — hayvonot bog‘ining egasi hisoblanuvchi Robert Sleytning akasi bo‘lib, u kenguru va vallabilar voleriga kirishni yaxshi ko‘rgan. Shu bilan birga, u Jyek laqabli kenguruga qo‘pol hazillar qilib turgan.

12 may kuni Robert Sleyt Facebookʼdagi sahifasiga akasi tasvirlangan suratlarni joylashtirib, «Sen doim xotiramizdasan, ovozingni unutmaymiz. Jyek do‘sting bilan hammasi yaxshi bo‘ladi», deb yozib qoldirgan.

Hayvonot bog‘idagilarning ma’lum qilishicha, kenguru ishonchli volerda saqlanadi va Jyek uni tark etmagan.