softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

Batafsil o'qish:

Rossiyaning «Pravosudiye» sud ma’lumotlar bazasiga kuzgi xakerlik hujumi natijasida ishlar arxivining uchdan bir qismi yo‘q qilindi, deyiladi Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi hisobotida.

Foto: Flickr

Sud ishlari arxivining uchdan bir qismi (33 foizi yoki 89 million yozuv) 2024 yil kuzidagi ommaviy nosozlikdan so‘ng «Pravosudiye» Rossiya davlat avtomatlashtirilgan tizimidan yo‘qolib qoldi.

Ushbu aktlar Rossiya sudlarining barcha qarorlari saqlanadigan «jamlangan ma’lumotlar bazasi»da bo‘lgan. «2024 yil 7 oktyabrda ro‘y bergan kiberhodisa natijasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar axborot tizimlaridan o‘chirildi», — deyiladi palata hisobotida.

Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, «Pravosudiye» tizimi veb-saytlarining tashqi xavfsizligi oxirgi marta 2015 yilda tekshirilgan va tizimning o‘zi to‘liq yangilanmagan hamda «texnik jihatdan eskirgan xorijiy dasturiy mahsulotlar»da ishlaydi. Shu bilan birga, 2003 yildan 2024 yilgacha Rossiya hukumati «Pravosudiye» tizimi uchun 65,2 milliard rubl sarfladi.