Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rossiyalik deputat so‘zlariga ko‘ra, «soliq to‘lovchilarning pullarini xorijliklarni tayyorlashga sarflamaslik kerak».
Foto: RIA Novosti
Rossiyada migrantlar farzandlarining maktabda o‘qishini pulli qilish kerak, dedi Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov. U soliq to‘lovchilarning pullarini xorijliklarni tayyorlashga sarflamaslik kerakligini ta’kidladi.
Bungacha migrant bolalarning 80 foizdan ortig‘iga rus tilidan imtihon topshirishga ruxsat berilmagan edi. Shu munosabat bilan Nilov imtihondan o‘tishga urinishlar sonini cheklashni va o‘qish uchun to‘lovni joriy qilishni taklif etdi. Deputat, shuningdek, migrant bolalarining sinflarda bo‘lishi rusiyzabon o‘quvchilarning umumiy ta’lim darajasini pasaytirayotganini ta’kidladi.
«Bu bolalar bizning maktablarda bo‘lardi - noqonuniy yoki rus tilini bilmaydigan bolalar. Bularning barchasi bizning rus bolalarimiz ta’lim darajasiga to‘sqinlik qiladi va uni sekinlashtiradi. Biz ovoragarchilikni to‘xtatishimiz va imtihon topshirish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar sonini cheklashimiz kerak. Agar topshira olmasa – unda uyiga ketadi va ota-onasini kutadi. Bunday ta’lim xizmatlarini faqat pullik asosda ko‘rsatish kerak», dedi Nilov.