Yuliya Navalnaya Yevroparlamentda chiqish qildi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
28 fevral kuni rossiyalik muxolifatchi, Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya Strasburgdagi Yevroparlamentning yalpi majlisida so‘zga chiqdi. O‘z nutqida u sanksiyalar va rezolyusiyalar natija bermayotgani tufayli Vladimir Putinga qarshi kurashni davom ettirish va buning uchun innovasion yondashuvlar zarurligini ta’kidladi.
«Putinni boshqa rezolyusiya yoki avvalgilaridan farq qilmaydigan boshqa sanksiyalar paketi bilan ranjitish mumkin emas. Uni printsipial odam deb o‘ylab, uni mag‘lub etib bo‘lmaydi. Axloq bilan. Qoidalar bilan. U bunday emas va Aleksey buni uzoq vaqt oldin tushungan. Siz siyosatchi bilan emas, balki qonli yirtqich hayvon bilan ishlayapsiz. Putin uyushgan jinoiy guruh rahbari», dedi muxolifatchining bevasi
Manba: www.aniq.uz