softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni, aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes muloqoti va ko‘rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.

Innovatsiyalar, energetika, sanoat, farmatsevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.