Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Rossiya bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda 12 kishidan iborat Ukraina delegatsiyasi ishtirok etadi. Ularga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi. Rossiya delegatsiyasiga esa Putinning yordamchisi Medinskiy rahbarlik qilmoqda.
Foto: TASS
Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 15 mayga mo‘ljallangan muzokarlari juma, 16 may kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Kommersant»ning yozishicha, Ukraina delegatsiyasi 15 may kuni Istanbuldagi Dolmabahche saroyiga yetib kelgan — uchrashuv aynan shu yerda o‘tkazilishi kerak.
Istanbulda 15 may kuni muzokaralar o‘tkazish tashabbusi Vladimir Putinga tegishli — u YeI davlatlari va AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi chaqirig‘iga javoban ushbu taklifni bildirgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo Rossiya prezidenti muzokaralarga o‘z yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegatsiyani yubordi.
Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi tarkibi «Moskvaning Istanbuldagi muzokaralarda jiddiy qaramayotganidan» dalolat berishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Ukraina prezidenti Donald Trampga hurmat yuzasidan uchrashuvga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi. Shuningdek, Zelenskiy muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini ham tasdiqladi. Undan quyidagi mas’ullar o‘rin oldi:
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga boradigan RF delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagandi.