softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisi eng yirik AI markazi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisi eng yirik AI markazi

Batafsil o'qish:

Yaqin Sharq safarining so‘nggi bekati sifatida Abu-Dabiga kelgan Donald Tramp BAAda Saudiya va Qatardan ham ko‘proq investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bundan tashqari, BAAda AQShdan tashqaridagi eng yirik sun’iy intellekt markazi hamda 80 qavatli Tramp minorasi quriladi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va Qatarga tashrifidan so‘ng, 15 may kuni Yaqin Sharq safarining so‘nggi bekati sifatida BAAga keldi. Uni BAA Prezidenti Shayx Zoid Al Nahayon shaxsan kutib oldi va “Qasr Al Watan” qarorgohida Trampga Zoid ordeni topshirildi. Trampning tashrifi sharafiga Burj Xalifa binosi AQSh bayrog‘i ranglariga burkandi.

Tramp BAAda Saudiya va Qatardan olgan va’dalaridan ham kattaroq investitsiya olishni kelishgan. Xususan, BAA tomonidan kelgusi 10 yilda AQShga 1.4 trillion dollar umumiy investitsiyalar yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Tashrif davomida imzolangan yangi AQSh–BAA shartnomasining umumiy qiymati esa 200 milliard dollar. Shuningdek, Boeing, GE Aerospace va Etihad Airways o‘rtasidagi 28 ta samolyot sotib olish haqida 14.5 milliard dollarlik yirik aviasozlik bitimi imzolandi.

Qo‘shnilaridan farqli BAA AQShdan ko‘proq qurol emas, balki AI — sun’iy intellekt texnologiyalarini olmoqda. Kelishuvlarni AQSh AI siyosatini yuritayotgan Devid Sacks olib bormoqda. OpenAI asoschisi Sem Altman va Nvidia rahbari Jyensen Huang ham muzokaralarda qatnashmoqda.

Tashrif davomida imzolangan Abu-Dabida 5 gigavatt quvvatli AI kampusi qurilishi boshlandi. Bu — AQShdan tashqaridagi eng yirik sun’iy intellekt markazi bo‘ladi. 500 ming dona Nvidia chipi yillik hajmda BAAga eksport qilinadi, bu orqali Yaqin Sharqda yirik ma’lumot markazlari bunyod etiladi.

Bundan tashqari, AQSh va BAA o‘rtasida texnologik xavfsizlik bo‘yicha kelishuv ham imzolandi, AI Infrastructure Partnership (AIP) doirasida 2025 yilda $30 milliard kapital va $100 milliard qarz mablag‘larini safarbar qilish rejalashtirilmoqda.

AI’ga aloqador kelishuvlar jozibali tuyulsa ham Vashingtondagi ko‘p rasmiylarda xavotir uyg‘otmoqda. Ular bu texnologiya Xitoyga o‘tib ketishi, eng kuchli AI data markazlari esa AQSh o‘rniga Yaqin Sharqda paydo bo‘lishidan xavfsirashmoqda. Bayden ma’muriyati ilgari BAAga shunga o‘xshash taklifni rad etgan edi.

Bundan tashqari, Tramp nomidagi 80 qavatli yangi minora Dubayda — Burj Xalifa yaqinida qurilishi rejalashtirilmoqda.